“Buvimning oshqozonidagi mamlakat”

Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi  viloyat  bolalar kutubxonasi hamda Farg’ona viloyat Pedogogika universiteti “Filologiya” fakulteti talabalari bilan hamkorlikda  Qobiljon Shermatovning  “Buvimning oshqozonidagi mamlakat” deb nomlangan kitobining taqdimoti o’tkazildi. Kitob taqdimotida Farg’ona shahar 7-maktabning 5-6-sinif 30 nafardan ortiq  o’quvchilar qatnashdilar. Taqdimotda Qobiljon Shermatovning “Buvimning oshqozonidagi mamlakat” nomli kitobini qisqacha tanishtirib o’tildi. Taqdimot davomida bolalar uchun kitobni yanada yoritgan xolda shu kitob asosida “Kim olg’ir” , “Svetofor” va “Oltin yulduz ’deb nomlangan o’yinlar tashkil etildi. Taqdimotda bolajonlar “Buvimning oshqozonidagi mamlakat” nomli kitobini o’z tasavvurlarida qanday ekanligi undagi salbiy va ijobiy qahramonlar haqida so’zlab berdi. O’quvchilar uchun “Buvimning oshqozonidagi mamlakat” kitobining slayd orqali videorolik namoyishi ham o’tkazildi. Taqdimotda faol qatnashgan va savollarga javob bergan o’quvchilarga esdalik sovg’alari topshirildi. Tadbir yanada  qiziqarli va muzokaralarga boy bo’ldi.Barcha tadbir ishtirokchilari viloyat kutubxonasiga a’zo bolishdi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *