«Dolzarb 90 kun» doirasida tashkil etilgan tadbirlar

O‘quvchilarning yozgi ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish hamda bolalar kutubxonasidagi yangi qabul qilingan bir biridan qiziqarli  ensiklopediyalarni targ‘ib qilish maqsadida Farg‘ona shahar 5-umumta’lim maktabidagi yozgi sog‘lomlashtirish oromgohining 100 nafarga yaqin o‘quvchilari 👫 bilan birgalikda “Olam va Odam” nomli ensiklopediyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda o‘quvchilar “O‘qib bilib olaman” “Filvord”, “Shaharlarni top”, “Sezsam sen bilarsan”, “Rim raqami” “Qush va hayvonlar olamiga sayohat” nomli o‘yinlari hamda inson organizmi nima vazifani bajarishi  foydali va zararli mahsulotlarning ta’siri haqida savol-javoblar o‘tkazildi.   Ensiklopediya kitobi  o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🗣Shuningdek, shu kuni Viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan  Quva tumani 11-umumta’lim maktabida «Dolzarb 90 kun» doirasida tashkil etilgan «Gulg‘uncha» nomli  kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohining 2-7 sinf 45 nafar o‘quvchilari 👫 ishtirokida «Sog‘lom tanda sog‘lom aql» mavzusida quvnok startlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib futbol, kompyuter o‘yinlari, kitob mutolaasi, shaxmat- shashka va turli xil qiziqarli o‘yinlar orqali o‘zaro bellashdilar. Musobaqa so‘ngida faol qatnashgan o‘quvchilar Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandilar.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *