“Yuragimga yaqinlarim” deb nomlangan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Bugun Farg‘ona viloyat bolalar kutubxonasida “Yuragimga yaqinlarim” deb nomlangan ijodiy  uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Xalq ta’limi a’lochisi, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibasi, sevimli shoira O‘ktamxon Solieva taklif etildi.

Uchrashuvda Farg‘ona shahridagi 5-26-maktabning 40 dan ortiq 5- sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda o‘quvchilar shoiraning ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida she’rlar bilan birga jonli ovozda aytilgan diltortar navolar ishtirokchilar qalbiga ko‘tarinki rux bag‘ishladi.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *