“JADIDLAR IZIDAN RESPUBLIKA TANLOV” NING G’OLIBLARI FARG‘ONA VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASIDA

“JADIDLAR IZIDAN RESPUBLIKA TANLOV” NING G’OLIBLARI FARG‘ONA VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASIDA

“Kitobxonlik haftaligi” doirasida viloyat bolalar kutubxonasida “Jadidlarimiz qalbimizda” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan asosiy ko’zlangan maqsad – jadidchilik harakati vakillarining o‘zbek xalqining madaniyati, ma’rifati va ozodligi yo‘lida qilgan xizmatlarini yo’dga olish, ularning boy merosini yosh avlodga yetkazishdan iborat.

Tadbirda “Jadidlar izidan Respublika tanlovi” g’oliblari Yo’ldosheva Farangizxon va Rohataliyeva Dilnuraxonlar hamda Farg’ona viloyatidagi Prezident maktabining 30 nafar o’quvchilari ishtirok etdilar. Ishtirokchilarga jadidlar harakatining tarixiy ahamiyati, ularning millat taraqqiyotidagi o‘rni, hamda ulug‘ siymolarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar taqdim etdilar.

Tadbir davomida “Jadidlar izidan Respublika tanlovi” g’oliblari bilan o‘quvchilar o’rtasida suhbatlar o’tkazildi. Suhbatda g’oliblar Germanya davlatida bo’lgan ta’lim sayohatidan olgan bilim va ta’ssurotlari haqida gapirib, o’quvchilarning kitobga bo’lgan muhabbatlarini oshirdilar. Viloyat bolalar kutubxonasi jamoisi tomonidan badiiy chiqishlar, she’rlar, musiqiy taqdimotlar namoyish etildi.

Tadbir yakunida yoshlar o‘z fikr va ta’ssurotlari bilan o‘rtoqlashib, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni ko’plab o’tkazilishi hamda Jadidlarimizga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalashga yuqori o’rin tutishini ta’kidladilar.
“Jadidlar izidan Respublika tanlovi” g’oliblarini Farg’ona viloyat bolalar kutubxonasi diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirladi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *