“Dolzarb 90 kun”dasturi doirasidagi tadbirlar

Joriy yilning 16 iyun kuni Farg‘ona shahar umumta’lim maktablarining eng faol 18 nafar kitobxonlari hamda 27-umumta’lim maktabida tashkil etilgan👫 “Qaldirg‘och” nomli yozgi sog‘lomlashtirish oromgohining 29 nafar bolajonlari ishtirokida “Sportchi kitobxonlar” turniri o‘tkazildi. Tadbirda “Chaqqon bolajonlar” nomli o‘yin musobaqasi tashkil etildi. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro bellashdilar. Bellashuvda “Stakanni stoldan tushirish”, “Sport o‘yin” lari hamda aqlni charhlaydigan mantiqiy o‘yinlarda ishtirok etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faol qatnashgan bolajaonlarga kutubxona tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
➖Shu kuni viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan “Dolzarb 90 kun”dasturi doirasida Yozyovon tumani 40-umumta’lim maktabida tashkil etilgan 👫“Nihol” nomli yozgi sog‘lomlashtirish oromgohining 63 nafar bolajonlari ishtirokida “Ertakdagi rasmlar”mavzusida “Kutubxonashunoslik darsi” o‘tildi. Darsda rasmlar orqali bolajonlar kitob mazmunini chuqurroq anglab, kitobdagi rasmlar bolani kitobga qiziqishi oshishi uchun xizmat qilishi haqida qisqacha bo‘lsada ma’lumotga ega bo‘ldilar. Dars qiziqarli o‘yin elementlari bilan boyitilgan bo‘lib, faol ishtirok etgan bolajonlarga viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *