“Istiqlol va ilm – ma’rifat kurashchilari ”

Joriy yilning 15 fevral kuni Farg’ona viloyat bolalar kutubxonasi Ma’lumot va bibliografiya shoʻbasi tomonidan viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari uchun “Istiqlol va ilm – ma’rifat kurashchilari ” mavzusida tadbir oʻtkazildi. Tadbirda jadidchilik o’zi nima, jadid bobolarimiz kimlardan iboratligi, ularni boshidan kechirgan ijtimoiy-tarixiy voqeliklari va sobiq ittifoq davrida jadidchilik gʻoyaviy- mafkuraviy jihatdan oqlanmagani, jadidchlik adabiyoti taqiqlangani va hozirgi davrga kelib, jadidchilik ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida e’tirof etilgani, uning xizmatlari tan olingani, jadid adabiyoti milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida baholanib, oʻnlab kitoblar, turli asarlar nashr etilgani, koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilgani haqida tushunchalar slayd va videoroliklar orqali namoyish etib berildi.