2-APREL “XALQARO BOLALAR KITOBI KUNI”

? FARG‘ONA VILOYAT BOLALAR KUTUBXONASIDA 2-APREL “XALQARO BOLALAR KITOBI KUNI” GA BAG’ISHLAB TADBIRLAR BO’LIB O’TDI.
✅ Tadbirlarda madaniy — ommaviy tadbirlar bo‘limi tomonidan “Kitob bebaho xazina”, “Yangi kitob kuni” mavzularida adabiy kecha, kitob taqdimotlari o‘tkazildi.
✅ Kitoblarni jamlash va katalog yaratish bo‘limi tomonidan “Tanishing yangi adabiyotlar”, “Kitob–ilm va hikmat manbai” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
✅ Ma’lumot va bibliografiya sho‘basi tomonidan “Kitob misoli oftob” nomli bibliografik sharh o‘tkazildi. Bibliografik sharhda 2-aprel “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” ning kelib chiqish tarixi qisqacha tanishtirildi.
✅ Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan “Mening sevimli ertagim ” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
? KITOBXONLAR VIKTORINA SAVOL-JAVOBLAR VA TADBIRLARDA FAOL ISHTIROK ETIB, ESDALIK SOVG‘ALARIGA EGA BO‘LISHDI.