Kitob taqdimoti

Farg’ona shahar maktabgach va maktab ta’limi bo’limi tassarufidagi 5-11 umumiy o’rta talim maktablari bilan birgalikda kutubxonaga yangi kelgan adabiyotlar yuzasidan? «Quyoshdek qalblarni nurafshon etgan kitob» mavzusida kitob taqdimoti bo’lib o’tdi. Taqdimotda o’quvchilar «Odam», «Zamonaviy shaharlar», «Qiziq shaharlar», «Avtomabillar’, «Yosh olim» , «Hayvonot olami», «Suv ostiga sayohat» bolalar ensiklopediyasi kitoblari bilan turli hil qiziqarli o’yinlar orqali tanishib oldilar. Kitoblar o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Tadbir so’ngida faol qatnashgan o’quvchilar bolalar kutubxonasi tomonidan taqdirlandi.