1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuni

Farg’ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Viloyat bolalar kutubxonasida 10-oktyabr kuni 5-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-sinf 28 nafar o’quvchilari ishtirokida (1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan ) «Bo’ston qayda edi, ustoz bo’lmasa» deb nomlangan mavzuli kecha bo’lib o’tdi. Tadbir davomida O’quvchilar ustozlar kuniga bag’ishlangan videorolik orqali » Ustoz yaxshida» qoshig’ini birgalikda kuylashdilar. Videorolikdan so’ng o’quvchilar ustoz va murabbiylarga bag’ishlab she’r va qo’shiqlar aytishib turli qiziqarli boshqotirma o’yinlari orqali tadbirga yanada zavq ulashdilar.