“Kitobxonlik haftaligi”

Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis senati a’zosi Enaxon Siddiqovaning ijodiga bag‘ishlangan «Elning enasi edi» mavzusidagi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Shoiraning go‘zal satrlari, samimiy fikrlari va ona yuragidan to‘kilgan tuyg‘ulari bugun yana bir bor kitobsevar qalblarni birlashtirdi.

Tadbir davomida:
— Enaxon Siddiqovaning kitoblari taqdimoti;
— Yosh ijodkorlar tomonidan she’rlar;
— Qalblarni junbushga keltirgan suhbatlar hamda kitobxonlar shoira ijodidan olgan ilhomlarini bo‘lishdilar.

Bu tadbir — shunchaki taqdimot emas, bu yuraklar birligi, so‘zlar ma’naviy kuchga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbirda Viloyat bolalar kutubxonasi jamoasi ishtirok etishdi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *