2-aprel “Xalqaro bolalar kitobi kuni”

Farg’ona viloyat bolalar kutubxonasida 3-aprel kuni 2-aprel “Xalqaro bolalar kitobi kuni”ga bag‘ishlab  ommaviy tadbir  tashkil etildi.  Tadbirda “Aql-kitobdan quvvat oladi”, “Quyoshdek qalblarni nurafshon etgan kitob”,  “Kitob – bebaho hazina” mavzularida tashkil etilgan ommaviy tadbirda Farg‘ona shahar 5-11-15-26-umumta’lim maktablarining 440 nafardan ziyod 1-3-4-5-6-7-8-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tadbirda “So‘zdan so‘z yasash”, “Aql charxi”, “Kim chaqqon-u kim hushyor”, “Suvni to‘kmasdan yutamiz” nomli shou o‘yinlar, qiziqarli va mantiqiy viktorina savol-javoblari tashkil etildi. Tadbir o‘quvchilar ishtirokida juda qizg‘in va taa’ssurotlarga boy tarzda o‘tkazildi. Tadbir so’ngida g’olib o’quvchilarga diplom va kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *