“Bahor tarovati”

2025 YIL 28-mart kuni Farg‘ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasi madaniy-ommaviy tadbirlar bo‘limi tomonidan Farg‘ona shahar 16-Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotining 24 nafar tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda “Bahor tarovati” deb nomlangan musiqali kecha o‘tkazildi. Davraning ochilishi uchun jajji qizaloqlar milliycha urg‘uning jonli tarzidagi modalar ko‘rgazmasini namoyish etdilar. Tadbir davomida “Kelin salom”, “Laparlar”, “Kim topqir” va shunga o‘xshash bir biridan qiziqarli o‘yinlar o‘ynaldi. O‘tkazilgan tadbirdan so‘ng “Uchar ko‘shlar” deb nomlangan ertagini o‘qib eshittirildi. Bolajonlar tadbirimizdan juda xam mamnun bo‘lishdi.