“Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🟢Farg‘ona shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔸Tadbirda tanlovning hududiy bosqichlarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etishdi.
Tanlovni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov ochib, ishtirokchilarga omadlar tiladi.
🔸Tanlovda ishtirokchilardan kitoblarda ilgari surilgan Vatan, oila va do‘stlarga bo‘lgan sadoqat g‘oyalari, komil inson fazilatlari yuzasidan mustaqil fikr yuritishiga alohida e’tibor qaratildi.
🔸Adolat va shaffoflik mezonlari asosida o‘tgan bugunigi tanlovda viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
🔸Yoshlarning eng sevimli tanlovlaridan biri bo‘lgan kitobxonlik tanlov yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati.