“Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi PQ-4467-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil davomida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 21-dekabrdagi 06-04/3-3496-sonli xatining rejasiga muvofiq barcha hududlarda “Kitobxonlik festivali” tadbirlarini tashkil etish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyat Bolalar kutubxonasida aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida joriy yilning 14- mart kuni “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.
Respublika miqiyosida o‘tkazilgan festivalda Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi vakillari, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari, 12 ta viloyat bolalar kutubxonalari direktorlari, viloyatdagi faol maktab kutubxonachilari va kitobxon o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Festivalni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi Azizbek Turdiyev, Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rin bosari D.Kasimova hamda Respublika Ilmiy pedagogika kutubxonasi direktori D. G‘anievalar ochib berdilar.
Festival avvalida tadbir mehmonlari Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov haykaliga gul qo‘yib hurmat bajo keltirishdi va shoirning muzeyida bo‘lishdi.
“Kitobxonlik festivali” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining faollar zalida tashkillandi.
Ma’naviyat bayramida so‘z olganlar respublikamizda kitob mutolaasiga juda katta e’tibor berilayotgani, kitobxonlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida gapirdilar. Nafaqat o‘quvchilar, balki ta’limda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir pedagogning kitobxon bo‘lishi shart va zarur ekanini ham alohida ta’kidladilar.
Tadbirda
“Yilning eng zukko kitobxoni”
“Eng yaxshi innovator kutubxonachi”
“Intellektual kitobxon”
“Kitobxon oila”
“Kun kitobxoni” tanlovlarining g‘olib va sovrindorlariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirilib, barchalariga yanada katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishlariga omadlar tiladilar.
Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 650 000 nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 45 nafar g‘olib o‘quvchilar qimatbaho esdalik sovg‘alari, ya’ni 1-o‘rin sohiblari televizor, 2-o‘rin sohiblari mikroto‘lqinli pishirgich, 3-o‘rin sohiblariga chang yutgich bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha faol kutubxonachi va kitobxonlar qo‘shimcha sovg‘alarga ega bo‘ldilar.