“KITOBXONLIK FESTIVALI” YANGI MAVSUMI FARG‘ONA VILOYATIDA

📍 “KITOBXONLIK FESTIVALI” YANGI MAVSUMI FARG‘ONA VILOYATIDA!
✔️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida “Kitobxonlik festivali” o‘tkazilib kelinmoqda. Festivalning yangi mavsumini Farg‘ona viloyati boshlab beradi.
📚 Festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
✅ “Yilning eng zukko kitobxoni”
✅ “Eng yaxshi innovator kutubxonachi”
✅ “Intellektual kitobxon”
✅ “Kitobxon oila”
✅ “Kun kitobxoni”
✨ Festivalda kitobsevar o‘quvchilar, tanlov g‘oliblari, kutubxonachilar, o‘qituvchilar hamda kitobxon oilalar ishtirok etadi!
📣 Diqqat! Barcha kitobxonlarni 14-mart kuni “Kitobxonlik festivali” ga taklif qilamiz!
📍 Manzil: Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi.
🏆 Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar hamda esdalik sovgʻalari topshiriladi!