“Vatan sogʻinchi”

12–fevral kuni Fargʻona viloyat maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti viloyat bolalar kutubxonasining xodimlari tomonidan Z.M.Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlab “Vatan sogʻinchi” nomli gʻazalxonlik kechasini Fargʻona shahar 5-umumta’lim maktabining faollar zalida oʻtkazdi. Tadbirda 7-sinf 32 nafar oʻquvchilari ishtirok etdilar. Bobur Mirzoning hayoti uning ijodi haqida ma’lumotlar berib oʻtildi. Bobur hayotidan iborat slayd namoyish boʻldi. Videorolikdan soʻng bobomizning yurt sogʻinchini madx etib yozgan gʻazal va ruboiylaridan oʻquvchilar aytib berishdi. Oʻquvchilarning bilimlarini bilish maqsadida shox va shoir haqida savollar berib oʻtildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *