“Bag’rikenglik oliy hislat”

26-27-noyabr kunlari Farg’ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasiga Farg’ona shahar 11-26- umumiy o’rta talim maktabi 64 nafar o’quvchilari ishtirokida “Bag’rikenglik oliy hislat” deb nomlangan o’yin musoboqasi tashkillandi. O’yin musoboqada Viloyat bolalar kutubxonasi “Madaniy – ommaviy tadbirlar bo’limi” xodimlari tomonidan o’quvchilarga Bag’rikenglik oliy hislat ekanligi va uni mazmun mohiyati 16-noyabr «Xalqaro bag’rikenglik» kuni deb e’lon qilinganligi haqida suhbatlar qurildi. O’quvchilar ikki guruhga bo’lingan holda aqlni charxlovchi “O’yla kim” o’yini bilan boshladilar. Boshqotirma va pufak ichidagi savollarga javob berib o’zaro bellashdilar. Faol ishtirok etgan o’quvchilar viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan esdalik uchun badiiy adabiyotlar bilan taqdirlandilar.