She’riy to’plam taqdimoti

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularni kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, bilimlarini charxlash,  asarlarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida Farg‘ona viloyati bolalar kutubxonasi Madaniy ommaviy tadbirlar bo’limi xodimlari bilan hamkorligida  Farg’ona shahar  «Registon»xususiy maktabining 4-A sinf o‘quvchilari ishtirokida tadbir  tashkillandi. Tadbirda o‘quvchilar Po’lat Mo’minning «Bo’ladigan bolalar» she’riy to’plamini taqdimotini o’tkazildi. Bolalarning taniqli shoiri Po’lat Mo’minning ushbu saralangan to’plamida ota-onaga mehr, do’stlik, odob-axloq, mehnat va bilimdonlik, zukko bo’lishga chorlovchi she’rlar sahna ko’rinishlari orqali namoyish etildi.Tadbir so’ngida Viloyat boalar kutubxonasi tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *