KITOB MUTOLAASIGA O‘RGATUVCHI 5 LAYFXAK

KITOB MUTOLAASIGA O‘RGATUVCHI 5 LAYFXAK
Uzluksiz axborot oqimi davrida kitob mutolaa qilishga ko‘p vaqt ajrata olmaymiz. Ammo mutolaa nutqni boyitish, o‘zlikni tarbiyalash va dunyoqarashni kengaytirishning eng yaxshi usuli. Mutolaaga hech ham vaqt ajrata olmayapsizmi?
Quyida mutolaa qilishga yordam beruvchi 5 layfxakni e’tiboringizga havola etamiz.
Elektron kitob sotib oling
Mutolaa bilan bog‘liq eng keng tarqalgan tavsiyalardan biri bu – yo‘lda kitob o‘qish. Ammo bir talay kitobni yo‘l-yo‘lakay olib yurishning imkoni yo‘q. Mana shunday holatlarda elektron kitob yoki telefon yordamga keladi. Ularning ikkala turini ham o‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin. Uni istagan yerda – poyezd, metro va hatto, navbatda turganda ham o‘qish mumkin.
Diqqatni chalg‘itmang
Telefoningizdagi bildirishnomalar qurilmada mutolaa qilishingizga xalaqit qiladi. Oqibatda qabul qilinyotgan ma’lumotlarning oz qisminigina eslab qolasiz. Qolaversa, tinimsiz chalg‘iyverish kitob mutolaasini ortga surishga sabab bo‘ladi. Chunki telefonga kelgan xabarda nima deb yozilgani sizga ko‘proq qiziqarli tuyuladi, to‘g‘rimi? Shu sabab telefonda mutolaa qilyotganingizda “parvoz” holatini yoqib qo‘ying.
Mutolaa qilishni odatga aylantirish
Kitob o‘qishni odatga aylantishga qiynalyapsizmi? Buni odatdagidek boshlab olish mumkin: nonushtadan yarim soat yoki uxlashdan 50 daqiqa oldin kitob o‘qishni o‘z “grafigingizga” kiritib qo‘ying.
Yana boshqa yo‘li, bir mutolaaning o‘zida kitobning 10 foizini yoki 450 sahifasini o‘qishni odatga aylantirib olishingiz mumkin.
Audiokitobdan foydalanib ko‘ring
Agar kundalik yumushlaringiz sabab kitob o‘qishga hech vaqt ajrata olmayotgan bo‘lsangiz, audio kitob eshitishni tavsiya qilamiz. Yoki buni ro‘zg‘or ishlarini bajaryotgan vaqtda amalga oshirsangiz ham bo‘ladi. Kimlardadir eshitib eslab qolish xususiyati kuchlilik qiladi.
Mutolaaga ko‘nikishni eng qiziq kitobdan boshlang
Kitob o‘qishni odatga aylantirishni fizika yoki shunga o‘xshash ilmiy kitoblardan boshlamagan ma’qul. Turli hikoyalar, adabiyot, roman yoki detektiv ruhdagi kitoblar qiziqishingizni oshirishga xizmat qiladi.