KITOB O‘QIYVERING!

KITOB O‘QIYVERING!
Mashoyihlardan biri hikoya qiladi:
«Bir kuni shayximga: «Ustoz, ushbu kitobni to‘liq o‘qib chiqdim, lekin xotiramda bu kitobdan hech narsa qolmadi», dedim».
Shunda ustozim bir dona xurmo berib: «Buni yegin» dedi va birozdan so‘ng menga: «xurmo yeganing uchun katta bo‘lib qoldingmi?», dedi.
Men: «Yo‘q», dedim.
Ustozim: «Lekin bu xurmo sening badaningga singib, sening tanangda go‘sht, suyak, pay, teri, soch va tirnoqlarga aylanmokda», dedi.
Shunda anglab yetdimki, men o‘qiyotgan kitob ham ongimga singib, o‘zim bilmagan holda mening lug‘at boyligimni oshirar, aqlimni ziyoda qilar, axloqimni sayqallar hamda gapirish uslubimni go‘zal qilar ekan».