Xalq ta’limi vazirligi

✅Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarining kutubxonachilari uchun amaliy o‘quv-seminar o‘tkazildi

?Xalq ta‘limi vazirligi boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyati xalq ta’limi tizimidagi maktablarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tayotgan xizmat safari doirasida tizimda faoliyat yuritayotgan psixologlar, maktab kutubxonachilari, ta’lim muassasasi direktorlari va ularning ma’naviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga amaliy ko‘mak berish uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.

▪️Bugun, Farg‘ona viloyati umumiy o‘rta ta’lim maktablarining kutubxonachilari uchun seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda Respublika bolalar kutubxonasi mas’ullari va Farg‘ona viloyati maktab kutubxonachilari ishtirok etishdi.

✅Xalq ta’limi vazirligi va Respublika bolalar kutubxonasi hamkorigida o‘tgan ushbu seminar avvalida, vazirlik ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan maktab kutubxonalari faoliyati tahlil qilindi.

?Respublika bolalar kutubxonasi mas’ullari so‘zga chiqib, o‘quvchilar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

☑️Seminarda maktab kutubxonalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq yo‘nalish va maqsadlar belgilab olindi, talab hamda takliflar eshitildi.

✅Ochiq muloqot shaklida o‘tgan ushbu seminarda maktab kutubxonachilari o‘z fikrlarini bildirishib, ularni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.

?Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati


Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *