Mustaqillik madhi- bolalar nigohida

#Farg‘ona VBK
#Axborot_xizmati ✅ ? Yaqindagina Rishton tumani 19-maktab 7-«B»sinf o’quvchisi Madina Rahimjonova «Mustaqillik madhi- bolalar nigohida» tanlovi Respublika bosqichida g’olib bo’lib Xalq ta’limi vaziri B.Saidovning esdalik sovg’alarini qabul qilib olgan edi. Bu gal esa 5 tashabbus olimpiadasining Yosh kitobxon tanlovi 10-14 yosh toifasi to’rtinchi bosqichida qatnashib, Tuman hokimligi va «Oq oltin» MFY yoshlar yetakchisi I.Jo’rayev tomonidan Diplom va qimmatbaho sovg’alarni qo’lga kiritdi. Shu munosabat bilan maktabda taqdirlash marosimi o’tkazildi. Tadbirda «Oq oltin» MFY oqsaqoli J.Qoraboyev va maktab direktori A.Hakimovlar so’zga chiqdilar.
Telegram (https://t.me/kutubxonakitoblari) I Facebook (https://www.facebook.com/sherali.ismoilov.353) I Instagram (https://www.instagram.com/bolalar_kutubxonasi/)