O‘quv-seminar

Joriy yilning 10-avgust kuni Respublika bolalar kutubxonasi Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasi hamkorligida umumta’lim maktab kutubxonachilarini malakasini, bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida «Kutubxonalarda mavjud me’yoriy hujjatlar bilan ishlash va ularni yuritish tartibi» va «Maktab kutubxonalarida bibtexnika vositalarini yuritish tartibi « to‘g‘risida farg‘ona viloyat ta’lim muassasalari kutubxonachilari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi bo‘lim boshlig‘i Roxataliev Mirsaid Zakirjonivich,Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Odilxo‘jaeva Maftuna Xaqnazarovna hamda ma’naviyat bo‘limi sho‘ba mudiri Qo‘chqorova G va shahar tumanlardan 60 nafar kutubxonachilar ishtirok etdilar. O‘quv-seminarni Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi bo‘lim boshlig‘i R.M.Zakirjonivich ochib berdi. Seminar davomida Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari O.M.Xaqnazarovnaga so‘z navbati berildi. Seminar ishtirokchilariga Viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassislari tomonidan nazariy bilimlar va Farg‘ona, Qo‘qon shahar maktab kutubxonachilari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminarda Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yil davomida o‘tkazilgan tadbir va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan viloyatimizdagi o‘quvchi va kutubxonachilari faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.