Maktab kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

Özbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 19-sentabrdagi 329-sonli buyruğining 2 -ilovasiga muvofiq BIBTEXNIKA vositalari joriy yilning 19 -yanvar kuni Farg’ona viloyatiga yetib keldi. Mazkur buyruqqa asosan Farg’ona viloyatidagi ta’lim taminot binosidan barcha shahar va tuman masullariga topshirildi. Tadbirda Farg’ona viloyat boshqarma boshlig’i Sh.Dolimov, viloyat bolalar kutubxonasi direktori F.Nuriddinovalar ishtirok etdilar. Tadbirdan ko’zlangan maqsad maktab kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. «Bibtexnika» jihozlari Farg’ona viloyatidagi umumta’lim maktablari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ilm dargohlari hamda Farg’ona viloyat bolalar kutubxonasiga ham yetkazildi.
«Bibtexnika» jamlanmasida quyidagilar mavjud:
➖ jamlama kitobi,
➖inventar kitobi,
➖kundalik daftari,
➖kitobxon formulyari,
➖»cho‘ntakcha»,
➖alifboli kartochka,
➖qaytaruv varaqasi,
➖to‘plam g‘ilofi.