O‘lmas Umarbekovning 90 yilligiga bag‘ishlab «Kamtar ijodkor» mavzusida «Mavzuli kecha» o‘tkazildi.

Farg’ona viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi Farg’ona viloyat bolalar kutubxonasida 19 yanvar kuni 5-umumta’lim maktabining 5- sinf 31 nafar o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, adib O‘lmas Umarbekovning 90 yilligiga bag‘ishlab «Kamtar ijodkor» mavzusida «Mavzuli kecha» o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar e’tiboriga vertual ko‘rgazma, boshqotirma, savollar, va Umarbekov bog‘i nomli asarlar to‘plami orqali o‘quvchilarga qiziqarli ma’lumotlar berildi.