Farg‘onada «Kitobxonlik festivali» o’tkazildi

Farg‘onada «Kitobxonlik festivali» o’tkazildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Farg‘ona viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Kitobxonlik festivali” bo‘lib o‘tdi.

➖ Ushbu festivalda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat Bolalar kutubxonasi, kitobsevar o‘quvchilar, ota-onalar hamda kutubxonachilar ishtirok etishdi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi:

✅ “Kitobxon maktab”
✅ “Eng yosh kitobxon”,
✅ “Kitobsevar o‘quvchi”,
✅ “Tashkilotchi kutubxonachi”,
✅ “Eng faxriy kutubxonachi”

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 650 000 nafarga yaqin o‘quvchilar qamrab olinib, 50 nafar g‘olib o‘quvchilar taqdirlandi.

✔️Festival davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlab, festival tom ma’noda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.


Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *