«Navro’z — qadim qadriyatlar tarovati»

Farg’ona viloyat bolalar kutubxonasi
Mamlakatimiz bo’ylab Navro’z kayfiyati hukmron, bayram shukuhi kezib yuribti. Bolalar kutubxonasida ham ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Jumladan Bog’dod tumani 53 maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilari ishtirokida «Navro’z — qadim qadriyatlar tarovati» mavzusida musiqali kecha o’tkazildi.
Tadbir davomida milliy laparlar, qo‘shiqlar kuylanib, Navro‘z bayramini tarannum etdilar.
O‘quvchilar o‘zlarining chiqishlari bilan o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat ulashdilar.