Farg‘onada «Jadidlar izidan» respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada «Jadidlar izidan» respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

🔸Xabaringiz bor, buyuk jadid, alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda vatanparvarlik ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Jadidlar izidan» tanlovi tashkil etilgandi.

⚡️Ushbu tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 42 ming 862 nafar viloyatimiz o‘quvchilari ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishgandi.

⚡️Tanlovning viloyat bosqichida 38 nafar 6-10-sinf o‘quvchilari uch shart asosida bellashdilar.

🔸Tadbirda qatnashgan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov barcha ishtirokchilarga zafarlar tilashdi.

⚡️Belgilangan tartib asosida bellashib, qizg’in va murosasiz kechgan bahslarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Farg‘ona shahridagi 46-maktabning 8-sinf o‘quvchisi Farzona Yo‘ldoshaliyeva hamda Qo‘shtepa tumanidagi 20-IDUM 9-sinf o‘quvchisi Dilnura Rohataliyeva tanlovning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

☀️Tadbir so‘ngida tanlov g‘oliblari va qatnashchilariga tantanali ravishda diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *