“Xalqaro bag’rikenglik” kuni

Bugun Farg’ona viloyati maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi viloyat bolalar kutubxonasi xodimlari “Xalqaro bag’rikenglik” kuni munosabati bilan Farg’ona muruvvat nogironligi bo’lgan bolalar uchun internat uyi da 95 nafar tarbiyalanuvchilari uchun “Bag’rikenglik-oliy hislat” deb nomlangan o’yin musobaqa tadbiri o’tkazildi.Tadbirda bolalarga qisqacha bag’rikenglik tushunchasi haqida so’zlab berildi. Bag’rikenglikni madx etuvchi ajoyib “Do’stlik” haqidagi video roligimiz ham bolajonlar uchun qo’yib berildi. Tadbir so’ngida faol qatnashgan bolajonlar va tarbiyachi ustozlar uchun kutubxonamizning esdalik sovg’lari topshirildi.