Innovatsiya tushunchasi haqida.

Innovatsiya tushunchasi haqida

Innovatsiya – bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatsiyasining yakuniy natijasi hisoblanadi.

Yangi iste’molchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni yetkazib berish – innovatsiyaga misol bo‘la oladi.

Innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi.

“Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi.

“Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.

Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Keng tarqalgan yanglish fikrlashlarga qaramasdan innovatsiyalar kashfiyotlardan farq qiladi

Innovatsiyalar ilmiy kashfiyotlar va ixtirolardan farqi

| Ilm-fan – bu pullarni bilimlar va g‘oyalarga aylantirish.
| Innovatsiyalar – bu bilimlar va g‘oyalarni pullarga aylantirish.

| Ixtiro – bu yangi konsepsiyani yaratish.
| Innovatsiya – bu ixtironing amaliy ahamiyatini ajratib ko‘rsatish va uni muvaffaqiyatli sotiladigan mahsulotga aylantirish.

Innovatsiyaning 10 ta amri

1. Maqsadingizni ifodalang.
2. Jamoangizni ilhomlantiring.
3. Diqqatingizni xaridorga qarating.
4. Har kimga o‘xshamang.
5. Hamma narsani shubha g‘alviridan o‘tkazib ko‘ring.
6. Sinergiya yarating.
7. Jarayonni yarating.
8. Har qanday xatarni oldindan ko‘ra biling.
9. O‘zgarishlarning yetakchisiga aylaning.
10. Tashabbuskor bo‘ling.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *