«Vatan himoyachilari kuni»

Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida 14-yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni» deb nomlangan tadbir oʻtkazildi. Tadbirda 9-10-11 sinf oʻquvchilari oʻzlarining harbiy chiqishlari bilan ishtirok etishdilar. Maktabning sportchi yoshlarning chiqishlari barchada Vatanparvarlik hissini oshirdi.