YuNESKO Farg‘onani dunyoning aholisi eng o‘qimishli shaharlar ro‘yxatiga kiritdi

YuNESKO Farg‘onani dunyoning aholisi eng o‘qimishli shaharlar ro‘yxatiga kiritdi
??«Bugun Germaniyaning Gamburg shahridan xushxabar olindi. YuNESKO tomonidan onlayn tashkil etilgan sessiyasida O‘zbekistondan yagona Farg‘ona shahri dunyoning eng o‘qimishli shaharlar ro‘yxatiga kiritildi. Yangi a’zolar YuNESKO Ta’lim shaharlari global tarmog‘i tarkibida mavjud shaharlar umumiy sonini 64 mamlakatda 230 taga yetkazmoqda.
?YuNESKOning Uzluksiz ta’lim instituti (UIL) tarmoq muvofiqlashtiruvchisi sifatida tegishli mamlakatlarda YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyalar tomonidan nomzodlar berilgandan so‘ng yangi a’zolarni qabul qildi. Yangi qabul qilingan shaharlar tashkilot faoliyatida ishtirok etishlari va o‘zlarining ta’lim shaharlari sifatida erishgan yutuqlarini aks ettiradigan ikki yillik hisobotni tayyorlashlari lozim»-deya xabar beradi Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.
Biz yoshlar bundan juda xursandmiz va shahrimiz rivojiga o’z hissamizni qo’shishda davom etamiz!

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *